» » Abu-Dabi festivalida ilk bor O‘zbekiston pavilyoni taqdim etiladi

Abu-Dabi festivalida ilk bor O‘zbekiston pavilyoni taqdim etiladi


2009-yildan buyon BAAda o‘tkazib kelinayotgan mamlakat asoschisi Shayx Zayid nomidagi Abu-Dabi madaniy meroslar festivalida ilk bor taqdim etiladigan O‘zbekiston pavilyoni eng katta kompozitsiya bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda tadbir ishchi guruhi a’zosi, san’atshunos Sardor Babayevga tayanib, Turon24 xabar berdi.

Festival doirasidagi o‘zbek pavilyoni ulkan Registon maydoni shaklida bo‘lib, yon atrofidagi hujralarda hunarmandchilik, naqsh o‘ymakorligi, gilamdo‘zlik, so‘zana tikish san’ati kabi o‘zbek milliy madaniy meroslari ekspozitsiyalari va amaliy san’at yaralishini namoyish qiluvchi miniatyura rassomlari o‘rin egallagan. O‘zbek milliy madaniy pavilyoni markazida esa katta qozonda 10 ming kishilik osh pishirilishi ko‘zda tutilgan. Festival mehmonlari o‘zbek milliy raqslari lazgi, tanovor va munojot, maqom va baxshilar kuylari, doirachi va dutorchilar san’atidan bahramand bo‘lishlari mumkin. Milliy hunarmandlar va oshpazlar tomonidan master-klasslar tashkil etilib, o‘zbek milliy liboslari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, festival davomida tashrif buyuruvchilar va nufuzli mehmonlar uchun “O‘zbegim” va “Maqom” kitob albomlarining rasmiy taqdimot marosimi o‘tqazilishi ham ko‘zda tutilgan.

2-dekabrda boshlanadigan Abu-Dabi festivali amirliklarni birlashtirgan Shayx Zayid nomi bilan ataladi. Har yili BAAning asos solingan kuni arafasida bo‘lib o‘tadigan festivaldan ko‘zlangan maqsad – turli millat madaniy meroslarini bir biriga va dunyoga tanitish uchun ko‘prik sifatida xizmat qilishdir. Nufuzli milliy madaniy va zamonaviy san’at festivaliga o‘tgan yili qariyb yarim million odam tashrif buyurgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют