» » Kredit ajratilishida qonun buzilishi holatlari aniqlandi

Kredit ajratilishida qonun buzilishi holatlari aniqlandi


O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Media markazida Markaziy bank, vazirlik va idoralar, tijorat banklari hamda tadbirkorlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev bank tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va muammolar xususida gapirdi, deb yozadi O‘zA.

“Eng avvalo, kredit berish tartibini qayta ko‘rib chiqish lozim va inflyatsiya yuqori bo‘layotgan hozirgi vaqtda tadbirkorlarga har tomonlama ko‘mak berish zarur, — deydi M.Mirzayev. — 2019-yilda qisqa fursatga beriladigan, ammo foizi kamaytirilgan kreditlar ishlab chiqish rejalashtirilgan. Kredit to‘lashga layoqati bo‘lgan har bir mijozga, albatta, har xil turdagi kreditlar muammosiz ajratiladi”.

Yig‘ilishda bank tizimida ijobiy natijalar bilan birga, qator muammolar borligi ham ta’kidlab o‘tildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tomonidan 2018-yil 1-noyabr holatiga qadar, mijozlar uchun kredit ajratilishida bank xodimlari tomonidan 2 ming 300 dan ortiq qonun buzilishi aniqlanib, bartaraf etilgan.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilar yig‘ilish ishtirokchilarining savollariga atroflicha javob berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют