» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” martda Kanadadan yangi mashq moslamasini qabul qilib oladi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” martda Kanadadan yangi mashq moslamasini qabul qilib oladi


Joriy yilning mart oyida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Kanadaning CAE kompaniyasi mahsuloti bo‘lgan Boeing-767 samolyotining Full-Flight simulyatori (FFS)ni qabul qilib oladi. Bu haqda aviakompaniya axborot xizmati xabar bermoqda.

Yangi mashq qilish moslamasi bilan aviakompaniyaning parvoz tarkibi maksimal darajadagi real sharoitda uchuvchilik malakasini oshiradi.

Birinchi bosqichda kanadalik mutaxassislar milliy aviakompaniyaning O‘quv mashg‘ulot markazida sakkiz nafar muhandisni tayyorlaydi. Shundan so‘ng ular FFS yordamida mustaqil xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi.

Boeing-767 samolyotining yangi Full-Flight simulyatoridan joriy yilning iyun oyida foydalanila boshlanishi rejalashtirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (28-02-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 128) ( 0) ( 125) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют