» » O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qiluvchi yetakchi xalqaro tashkilotchilarga a’zo bo‘ladi

O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qiluvchi yetakchi xalqaro tashkilotchilarga a’zo bo‘ladi


30-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi.

Xususan, deputatlar “Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi (Jeneva, 1971-yil 29-oktabr), “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr) hamda “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnomasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini atroflicha muhokama qildi.

Ushbu muhim qonun loyihalari Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 15—17-may kunlari AQShga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki mamlakat rahbarining qo‘shma bayonotida O‘zbekiston tomonining ushbu shartnomalarga a’zo bo‘lishini ko‘zda tutuvchi bandlari hamda mamlakat Prezidentining tashrif yakunlari bo‘yicha imzolagan tegishli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Ushbu xalqaro shartnomalar va konvensiyaga qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatlar intellektual mulkka oid mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi xalqaro talablar O‘zbekiston tomonidan aniq va so‘zsiz ijro etilishini ta’minlashning e’tirofi bo‘lib, adabiy va badiiy asarlar mualliflari, ijrochilar va ularning fonogrammalarni takrorlash borasidagi huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan.

Deputatlarning fikricha, O‘zbekistonning mazkur xalqaro hujjatlarga qo‘shilishi tobora global ahamiyat kasb etib borayotgan masala – mualliflarning san’at, o‘z adabiy va badiiy asarlariga bo‘lgan huquqlarining muhofaza qilinishini ta’minlashga, pirovardida mamlakatning jahon hamjamiyati oldidagi imijini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют