» » Quddus “Islom madaniyatining abadiy poytaxti” deb e’lon qilindi

Quddus “Islom madaniyatining abadiy poytaxti” deb e’lon qilindi


Bahrayn poytaxti Manamada bo‘lib o‘tgan Islom birligi tashkilotining madaniyat vazirlari yig‘ilishi yakunida Quddus shahrini “Islom madaniyatining abadiy poytaxti” deb e’lon qilish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bu haqda “Islom.uz” xabar berdi.

Yig‘ilishda Quddusning madaniy merosini saqlash uchun xalqaro Islomiy ta’minot dasturi ham qabul qilingan. Islom, ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ISESCO) bosh direktori Abdulaziz at-Tuveyjriy qarorning ahamiyati haqida gapirar ekan, Quddus taqdiri bo‘yicha so‘nggi paytlarda bo‘lib o‘tayotgan voqealardan ancha tashvishda ekanini aytdi.

Quddusning madaniy va islomiy asoslarini o‘zgartirish yo‘lida olib borilayotgan harakatlarga to‘xtalib o‘tgan ISESCO Bosh direktori, falastin xalqi va Islom dunyosining Quddusdagi haqlarini muhofaza qilish maqsadida tashkilotning a’zo davlatlari hamda xalqaro jamoatchilikni bu masalada e’tiborli bo‘lishga chaqirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют