» » Abdulaziz Komilov ISESCO bosh direktoriga tashkilotga to‘la huquqli a’zo sifatida kirish istagi to‘g‘risidagi yozma nomani topshirdi

Abdulaziz Komilov ISESCO bosh direktoriga tashkilotga to‘la huquqli a’zo sifatida kirish istagi to‘g‘risidagi yozma nomani topshirdi


30-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti (ISESCO) bosh direktori Abdulaziz Usmon al-Tuvayjriy bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mehmon O‘zbekistonga tashrifi va Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renensansi” nomli xalqaro konferensiya hamda “Sharq taronalari” musiqa festivalining ochilish marosimida ishritok etishdan olgan taassurotlari haqida so‘zlab berdi.

TIVdagi suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan ISESCO o‘rtasidagi munosabatlarning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Abdulaziz Usmon al-Tuvayjriy yakunlangan O‘zbekistonning IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi raisligi shiori – “Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik yo‘li”, IHT TIVKning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan 43-sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslari ISESCOning maqsad va vazifalariga to‘liq mos tushishini alohida ta’kidladi hamda joriy yilning 26-avgust kuni Toshkent islom universiteti huzurida islom tamaddunini o‘rganish bo‘yicha ISESCOning Maxsus kafedrasi ochilishi buni tasdiqlashini qayd etdi.

Muzokaralar yakunida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ISESCO bosh direktori Abdulaziz Usmon al-Tuvayjriyga O‘zbekiston nomidan mazkur tashkilotga to‘la huquqli a’zo sifatida kirish istagi to‘g‘risidagi yozma nomani topshirdi hamda ISESCO nizomini rasman imzoladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-08-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют