» » O‘zbekistonda soliq organlari tomonidan ekspress-o‘rganishlar amalga oshiriladi

O‘zbekistonda soliq organlari tomonidan ekspress-o‘rganishlar amalga oshiriladi


Hukumat qarori bilan davlat soliq xizmati organlari tomonidan mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Nizom kameral nazorat bo‘yicha soliq to‘lovchi taqdim etgan axborotning ishonchliligini hamda soliq to‘lovchilarga soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llashning qonuniyligini tasdiqlash uchun joyiga borgan holda mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Quyidagilar mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirish mezonlari hisoblandi:

Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan subyektlarning sof foyda va dividendlar to‘g‘risidagi, shuningdek, unitar korxonalarning sof foydasidan Davlat budjetiga 30 foiz ajratmani aniqlash to‘g‘risidagi hisobotida hamda soliq organlaridagi ma’lumotlar o‘rtasida tafovutlar mavjudligi;

Kameral nazorat natijasida bank hisob raqamlarida pul mablag‘larining tahlilida tovar-moddiy boyliklar, ishlar va xizmatlarning hajmi, nomenklaturasi va summasi o‘rtasidagi tafovut;

Valyutaga oid aniqlangan qonunbuzarliklar, import va eksport qilinadigan tovarlar narxining oshirilishi va pasaytirilishi.

Nizomga muvofiq, soliq to‘lovchi noqonuniy hamda mavzuga oid va ekspress-o‘rganishga aloqasi bo‘lmagan hujjatlar va talablarni bajarmaslik, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan shikoyat berish huquqiga ega.

Shuningdek, soliq organlarining mansabdor shaxslari soliq to‘lovchiga soliq organining mavzuga oid va ekspress-o‘rganish tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyrug‘idan ko‘chirma nusxasini topshirishi va soliq siriga rioya etishi shart.

Mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirish muddati 5 ish kunidan oshmasligi kerak. Mavzuga oid va ekspress-o‘rganish natijasi bo‘yicha qonunbuzilishlar aniqlangan taqdirda ma’lumot tuziladi va unga quyidagilar ilova qilinadi:

O‘rganish uchun asos bo‘lgan mezonlar ko‘rsatilgan hujjatlarning nusxalari;

O‘rganish davomida olingan hujjatlar nusxalari.

Soliq to‘lovchilar o‘rganish yakunlangunga qadar soliqqa oid huquqbuzarlikni bartaraf etishga haqli.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют