» » “Roskosmos” “Soyuz” avariyasidan so‘ng ilk bor kosmonavtlarni XKSga yubordi

“Roskosmos” “Soyuz” avariyasidan so‘ng ilk bor kosmonavtlarni XKSga yubordi


Rossiyaning “Soyuz MS-11” kosmik kemasi uch kishidan iborat ekipaj bilan Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan Xalqaro kosmik stansiyaga start oldi. Kosmik kema parvozi “Roskosmos” saytida namoyish etildi, deb yozadi “Vedomosti”.

Ekspeditsiyaning XKSga uchirilishi 11-oktabr kuni yuz bergan avariyadan so‘ng birinchisi bo‘ldi.

“Soyuz-FG” raketasi birinchi bosqichning barcha bloklaridan muvaffaqiyatli ajralgan. O‘tgan safar avariya aynan shu bosqichda yuz bergan edi.

“Soyuz-FG” tashuvchi raketasi “Soyuz” bilan kosmodromning birinchi uchish maydonchasidan uchirilgan. Ekipaj tarkibiga “Roskosmos” kosmonavti, kema komandiri Oleg Kononenko, NASA va Kanada kosmik agentligi astronavtlari Enn Makkleyn va David Sen-Jak kirdi. Kosmik kemaning kosmik stansiya bilan tutashuvi 3-dekabr kuni Moskva vaqti bilan 20:36 (Toshkent vaqti bilan 22:36)da yuz berishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют