» » O‘zbekistonda innovatsion allergiya pasporti yaratilgani ma‘lum bo‘ldi

O‘zbekistonda innovatsion allergiya pasporti yaratilgani ma‘lum bo‘ldi


Innovatsion rivojlanish vazirligi xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda allergiya pasportini yaratish bo‘yicha dasturni amalga oshirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Allergenlarga individual sezuvchanlikni aniqlash, olingan natijalarni to‘g‘ri tahlil qilish hamda natijalarni mutaxassislar va ota-onalar uchun maxsus blankka kiritish talab etiladi.

Ma’lum qilinishicha, pasport ikki xil shaklda chiqariladi. Shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan shakli allergen manbalari va yuqori xavf tug‘diradigan alohida molekulalar haqidagi ma’lumotlar, shuningdek QR-kod (tez ta’sir ko‘rsatadigan kod)ini o‘z ichiga oladigan ikki tomonlama plastik karta tarzida taqdim etilgan.

QR-kod katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi va molekulyar tekshiruv bo‘yicha to‘liq axborot yozilgan qog‘oz shaklli pasportdagi barcha ma’lumotlarni o‘qish imkonini beradi. Masalan, bemorga shoshilinch yordam kerak bo‘lib qolganida, shifokorlar zarur ma’lumotlarni QR-kod orqali bilib olishlari mumkin bo‘ladi.

Mazkur pasport O‘zbekiston fuqarolarining xorijga safarlari chog‘ida ishlatilishi mumkinligini nazarga olgan holda, pasport ingliz va rus tillaridagi ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi.

Fuqarolar 2019-yildan boshlab shaxsiy allergiya pasportlarini olishlari mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2018, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют