» » O‘zbekiston hududiga ko‘p miqdorda o‘q dorilar olib kirayotgan shaxs ushlandi

O‘zbekiston hududiga ko‘p miqdorda o‘q dorilar olib kirayotgan shaxs ushlandi


Bojxonachilar “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l stansiyasida o‘q-dorilarni fosh etdi, deb yozadi “Xalq so‘zi”. Amaldagi tartib-qoidalarga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni olib kirish mumkin emas. Bojxona xodimlari tomonidan bu kabi salbiy holatlarni oldini olish yo‘nalishida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l stansiyasida 324-sonli “Volgograd—Toshkent” yo‘lovchi poyezdida harakatlanayotgan fuqaro Q.U.ning harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi. U joylashgan vagon kupesi bojxona nazoratidan o‘tkazilishi davomida yostiq ichiga 75 dona ov miltig‘i gilzalari va 5 kg droblarni yashirgan holda O‘zbekistonga olib kirayotgani aniqlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi katta inspektori, bojxona xizmati kapitani Jenisbay Saparbayevning ma’lum qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют