» » O‘zbekistonda “Zamonaviy maktab” davlat dasturi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda “Zamonaviy maktab” davlat dasturi ishlab chiqiladi


“2020—2025-yillar uchun “Zamonaviy maktab” davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident farmonining loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida chop etildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Farmon loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tayyorlandi.

Hujjatda qayd etilishicha, 2019-yilning 1-iyuniga qadar Qurilish vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi xalqaro tajriba hamda ilg‘or texnologiyalar va muhandislik yechimlar asosida zamonaviy ta’lim muassasalarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydi.

2019-yilning 1-sentabriga qadar Xalq ta’limi vazirligi umumta’lim muassasalarini mebel, zamonaviy dars va laboratoriya uskunalari, darsliklar va o‘quv-metodik materiallar, kompyuter va multimedia texnikasi, videokuzatuv tizimlari bilan ta’minlash normativlarining yangi tahririni tayyorlashi lozim.

Farmon loyihasiga ko‘ra, 2020—2024-yillarda 126 ta zamonaviy maktab qurish rejalashtirilgan. Ularning quvvati 39,69 mingni tashkil etadi. Shu bilan birga, hujjatga ko‘ra, 2025-yilga qadar 704 ta maktab rekonstruksiya qilinadi.

“Zamonaviy maktab” namunaviy loyihalari asosida yangi o‘rta ta’lim muassasalarini qurish Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, hamda jalb etilayotgan grantlar va kreditlar hisobiga amalga oshiriladi.

2020-yildan boshlab maktablarning qurilishi, rekonstruksiyasi va ularning jihozlanishi Qurilish vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tayyorlangan yangi namunali loyihalar va normativlar asosida olib boriladi.

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi farmon loyihasini yanada takomillashtirish uchun muhokamaga chorlaydi. Hujjat loyihasining muhokamasi 2018-yilning 15-dekabrga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2018, 00:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют