» » 9 yoshli amerikalik qorbo‘ron o‘ynashga bo‘lgan taqiqni bekor qildi

9 yoshli amerikalik qorbo‘ron o‘ynashga bo‘lgan taqiqni bekor qildi


AQShning Kolorado shtatida joylashgan Severans kichik shaharchasida qorbo‘ron o‘ynashga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi. Bu haqda “Tjournal” xabar berdi.

To‘qqiz yoshli Deyn Best ismli o‘quvchi ushbu cheklovni bekor qilishga erishdi. Deyn ushbu taqiq haqida 1,5 oy ilgari xabar topdi. Taqiq salkam 100 yil davomida qaror bilan mustahkamlangan. Unga ko‘ra tosh va boshqa otadigan aslahalarni odamlar va ularning mulkiga otish taqiqlangan. Ushbu qarorda qorbo‘ron ham nazarda tutilgan.

Deyn ushbu taqiqni adolatsiz deb topdi hamda uni qo‘llab-quvvatlagan sinfdoshlarining imzosini to‘plab chiqdi. Deyn bir oy davomida taqdimot tayyorlab, shahar kengashi oldida chiqish qildi.

Severans shahri bolalari dunyo mamlakatlaridagi boshqa bolalar singari qorbo‘ron o‘ynashga haqli. Qonun ko‘p yillar oldin paydo bo‘lgan, ammo hozir bolalarga uydan tashqarida o‘ynash uchun sabablar kerak.

Kengash yig‘ilishiga ko‘plab ota-onalar keldi. Deyn asosli sabablar keltirdi va mas’ullarning savollariga javob berdi.

Severans hukumati bolani to‘la qo‘llab-quvvatladi, ammo ular bolalarni xavfsizlik yuzasidan ogohlantirdi. Cheklov olib tashlanganidan so‘ng Deyndan birinchi qorni kimga otishi haqida so‘ralganida, u ukasini ko‘rsatdi.

Bestning ota-onasi bolaning kichik bo‘lsa ham tashabbus bilan chiqqanidan faxrlanishini ma’lum qildi.

Bola keyinchalik ham qonunchilikka o‘zgartishlar kiritishda davom etishni reja qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют