» » Murod Xonto‘rayevning qotillari, 3 yoshli nevarasini tiriklayin ko‘mgan tojikistonlik, Rossiyaga jo‘nab ketgan Shavkat Mirziyoyev va kunning boshqa muhim xabarlari

Murod Xonto‘rayevning qotillari, 3 yoshli nevarasini tiriklayin ko‘mgan tojikistonlik, Rossiyaga jo‘nab ketgan Shavkat Mirziyoyev va kunning boshqa muhim xabarlari


Kunning asosiy xabarlari — “Daryo” dayjestida.

Toshkentda MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevga hujum qilganlar shaxsiga aniqlik kiritildi. Ammo ta’kidlanishicha, Jinoyat protsessual kodeksiga asosan tergov harakatlari siri sabab jinoyat ishi bo‘yicha tafsilotlar o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tergov harakatlaridan so‘ng ma’lum qilinadi.

***

Tojikistonning Xatlon viloyati sudida Jome tumanida yashovchi 58 yoshli Xojaroy Ashurova ishi ko‘rib chiqilmoqda. Ayol sentabr oyida uch yoshli nevarasi Behruzjonni tiriklayin ko‘mib tashlaganlikda ayblanmoqda. Uning nima sababdan bu jinoyatni sodir etganligi noma’lum. Xojaroy Ashurovaning o‘zi bu haqda hech narsa demayapti.

***

Shu yil yozda qaynonasini pichoqlab o‘ldirgan 36 yoshli samarqandlik ayolga nisbatan sud hukmi o‘qilib, u 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Kelinning qilmishlari fosh bo‘ldi, unga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Ikki farzandning onasi, gulday oilaning bir bekasi mudhish jinoyati uchun o‘n ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

***

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi.

***

O‘zbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi rahbari Qudrat Yo‘ldoshevga ko‘ra, yangi xorijga chiqish pasporti — 48 varaqdan iborat jigarrang hujjat bo‘lib, O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklari bilan bezatilgan bo‘ladi. Yangi xorij pasportini olish uchun biometrik ma’lumot olish uchun 12 ta yangi stansiyalar o‘rnatish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2018, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют