» » MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev o‘z ofisida pichoqlangani ma’lum bo‘ldi

MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev o‘z ofisida pichoqlangani ma’lum bo‘ldi


26-noyabr, dushanba kuni soat, taxminan, 14:30 larda Toshkentdagi “Toshkent savdo markazi” (sobiq “Turkuaz”) yaqinida MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev o‘z ofisida pichoqlab ketilgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “UzNews.uz”.

Nashrning yozishicha, Xonto‘rayevning ofisiga 10 dan ortiq noma’lum shaxslar bostirib kirgan. Sodir bo‘lgan hujum natijasida Murod Xonto‘rayev bilan birga Ikrom Saidov ham tan jarohati olgan.

Xonto‘rayev ayni damda Shayxontohur tumanidagi Toshkent shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Ta’kidlanishicha, Xonto‘rayevning 2 joyiga (soni va ko‘krak qafasi atrofi) pichoq bilan shikast yetkazilgan holda soat 15:00 larda shifoxonaga olib kelingan.

Hozirda uning ahvoli qoniqarli baholanmoqda. Sportchiga hujum qilganlar shaxsiga esa aniqlik kiritilganicha yo‘q. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, Murod Xonto‘rayev joriy yilning 21-iyuniga o‘tar kechasi Yunusoboddagi tungi klubda ro‘y bergan mojaro ishtirokchisi bo‘lgan, u ko‘krak qismiga pichoq bilan berilgan zarbadan jarohat olgandi. Keyinroq shifoxonadan huquq-tartibot organlariga so‘roq berish uchun olib ketilgan, sud hukmi bilan qamoqqa olingandi.

Sud uni Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “a” bandi (“takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan bezorilik sodir etilishi”) bo‘yicha aybdor deb topgan (“Osiyo ayig‘i” laqabi bilan mashhur Murod Xonto‘rayev ilgari ham sudlangan).

Avvaliga unga 3 yillik qamoq jazosi xavf solayotgandi. 12-oktabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudida Murod Xonto‘rayevga jarima tarzidagi jazoni qo‘lladi. Sportchi eng kam ish haqining 94 baravari miqdorida jarima (16 190 560 so‘m) to‘lab, ozodlikka chiqdi.

Ma‘lumot uchun, Murod Xonto‘rayev 1987-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Toshkentdagi Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti filiali uchinchi kurs talabasi ham hisoblanadi. Oilali va ikki nafar farzandi ham bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют