» » Toshkentda MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev yana pichoqlandi

Toshkentda MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev yana pichoqlandi


26-noyabr, dushanba kuni soat, taxminan, 14:30 larda Toshkentdagi “Toshkent savdo markazi” (sobiq “Turkuaz”) yaqinida MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev pichoqlab ketildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Qayd etilishicha, sportchi ayni damda Shayxontohur tumanidagi Toshkent shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga yotqizilgan.Ta‘kidlanishicha, Xonto‘rayevning 2 joyiga (soni va ko‘krak qafasi atrofi) pichoq bilan shikast yetkazilgan holda soat 15:00 larda shifoxonaga olib kelingan.

Hozirda uning ahvoli qoniqarli baholanmoqda. Sportchiga hujum qilganlar shaxsiga esa aniqlik kiritilganicha yo‘q. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277—moddasi (bezorilik) 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, Murod Xonto‘rayev joriy yilning 21-iyuniga o‘tar kechasi Yunusoboddagi tungi klubda ro‘y bergan mojaro ishtirokchisi bo‘lgan, u ko‘krak qismiga pichoq bilan berilgan zarbadan jarohat olgandi. Keyinroq shifoxonadan huquq-tartibot organlariga so‘roq berish uchun olib ketilgan, sud hukmi bilan qamoqqa olingandi.

Sud uni Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “a” bandi (“takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan bezorilik sodir etilishi”) bo‘yicha aybdor deb topgan (“Osiyo ayig‘i” laqabi bilan mashhur Murod Xonto‘rayev ilgari ham sudlangan).

Avvaliga unga 3 yillik qamoq jazosi xavf solayotgandi. 12 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudida Murod Xonto‘rayevga jarima tarzidagi jazoni qo‘lladi. Sportchi eng kam ish haqining 94 baravari miqdorida jarima (16 190 560 so‘m) to‘lab, ozodlikka chiqdi.

Ma’lumot uchun, Murod Xonto‘rayev 1987-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Toshkentdagi Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti filiali uchinchi kurs talabasi ham hisoblanadi. Oilali va ikki nafar farzandi ham bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют