» » G‘allachilikda hosildorlik va daromadni oshirish imkoniyati yaratildi

G‘allachilikda hosildorlik va daromadni oshirish imkoniyati yaratildi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabr kungi “Boshoqli don yetishtirishni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori soha ravnaqida to‘g‘anoq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish va uni sifat jihatidan yanada rivojlantirishga qaratilgan. Bu haqda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Qarorda davlat xaridi uchun boshoqli don yetishtirish bo‘yicha amaldagi tartibdan mutlaqo farq qiladigan yangi tizim va mexanizmlar joriy etish nazarda tutilganligi uning fermerlar hayotida muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi.

Qarorga muvofiq, sohada ko‘plab tub o‘zgarishlar ro‘y beradi. Xususan:

yetishtiriladigan bug‘doyning har bir tonnasi uchun kafolatlangan davlat xaridining o‘rtacha narxi 1 million 200 ming so‘m yoki joriy yildagiga nisbatan 1,6 barobar yuqori belgilandi, bu esa tabiiyki, mahsulot yetishtiruvchilarning moliyaviy barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;

davlat xaridi uchun yetishtirilgan mahsulotlarni tabaqalashtirilgan narxlarda, ya’ni ustama va chegirmalar qo‘llagan holda sotib olish tartibi joriy qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, yetishtirilgan boshoqli don hosildorligiga qarab, davlat xaridi uchun yetkazib berilgan g‘alla xarid narxiga 25 foizgacha ustama qo‘llaniladi.

Bunda, xarid narxiga boshoqli don hosildorligi har gektaridan

41 sentnerdan 50 sentnergacha bo‘lganida — 10 foiz (120 ming so‘m),

51 sentnerdan 60 sentnergacha bo‘lganida — 20 foiz (240 ming so‘m), 61 sentner

va undan yuqori bo‘lganida – 25 foiz (300 ming so‘m) ustama qo‘llaniladi.

Qayd etish lozim, respublika bo‘yicha 2018-yil yil hosili uchun sug‘oriladigan yerlarda g‘alla ekkan 60 544 ta fermer xo‘jaligining 48 190 tasi yoki har beshtadan to‘rttasi gektariga 40 sentnerdan ortiq hosil olishga erishgan.

Favqulodda holatlar (qurg‘oqchilik, tabiat hodisalari va boshqa fors-major holatlari) oqibatida kutilgan hosil olinmaganda hamda bu holatlar Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha hududiy komissiya tomonidan tasdiqlanganda, davlat xaridi uchun yetkazib berilgan g‘allaga o‘rtacha xarid narxida hisob-kitob qilinishi qarorda alohida belgilab qo‘yilgan.

2019-yildan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlariga sug‘oriladigan yerlarda boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga yagona yer solig‘ini hisoblashda soliq stavkalariga hosildorlikka qarab koeffitsiyentlar qo‘llash tartibi kiritilgan.

Ya’ni, gektaridan o‘rtacha 30 sentner va undan past hosil olinganda 2 barobar, hosildorlik 31 sentnerdan 40 sentnergacha bo‘lganida esa 1,5 barobar ko‘paytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi.

Shuningdek, sug‘oriladigan maydonlarda yetishtirilgan boshoqli don hosildorligiga qarab, davlat xaridi uchun yetkazib berilgan don narxiga 25 foizgacha chegirma qo‘llash tartibi joriy etildi.

Xususan, hosildorlik gektariga:

30 sentner va undan kam bo‘lganida – 25 foiz;

31 sentnerdan 40 sentnergacha bo‘lganida – 15 foiz xarid narxiga chegirma bilan davlatga yetkazib berilgan don uchun to‘lov amalga oshiriladi.

G‘alla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish tizimi ham takomillashdi.

Boshoqli don yetishtirish xarajatlari uchun davlat xaridiga yetkazib beriladigan boshoqli don yetishtirish uchun yillik 5 foiz miqdorda imtiyozli kredit ajratilishi va boshoqli don uchun yakuniy hisob-kitoblar 2019-yil 1-sentabrga qadar to‘liq amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2018, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют