» » Farg‘onada yo‘l chetida yotgan mast fuqaroni “KamAZ” bosib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada yo‘l chetida yotgan mast fuqaroni “KamAZ” bosib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi


Farg‘ona viloyatida inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Joriy yilning 5-dekabr kuni soat 19:00 larda Bag‘dod tumani markaziy shifoxonasiga 1968-yilda tug‘ilgan fuqaro A.O. og‘ir tan jarohatlari bilan olib kelingan. Ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordamga qaramasdan A.O. shifoxonada vafot etgan.

Hodisa guvohlarining so‘zlariga qaraganda, 5-dekabr kuni soat taxminan 19:00 larda Bag‘dod shaharchasi Kumush tola ko‘chasi bo‘ylab Oltiariq-Bag‘dod yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan davlat belgisi 40 G 421 JA bo‘lgan “KamAZ” rusumli avtomashina yo‘l chetida mast holda yotgan A.O.ni bosib ketgan. Hodisa vaqtida yo‘l qalin tuman bilan qoplangan.

Hozirda hodisa yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2018, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют