» » Toshkent viloyatida yo‘lda yotgan erkakni “Kamaz” bosib ketdi (foto)

Toshkent viloyatida yo‘lda yotgan erkakni “Kamaz” bosib ketdi (foto)


22-may kuni taxminan soat 04:00 da Toshkent vioyatining Quyi Chirchiq tumanida yo‘lning qatnov qismida yotgan erkakni “Kamaz” yuk mashinasi bosib ketgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar qildi.

“Kamaz”ni boshqarib ketayotgan 25 yoshli yigit A.T. yo‘l yaxshi yoritilmagani tufayli yo‘lning qatnov qismida yotgan erkakni ko‘rmay, uni bosib ketgan. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan. Haydovchi odam bosib ketganini darhol anglab hodisa yuz bergan joydan biroz narida mashinani to‘xtatgan.

Kuchli stress holatiga tushib qolgan A.T. jabrlanuvchining oldiga bora olmaydi. Birozdan so‘ng chaqiruvdan qaytayotgan “tez yordam” mashinasi hodisa joyida to‘xtaydi. A.T. shifokorlarga bo‘lgan voqeani aytib bergach, shifokorlar ichki ishlar organlariga xabar qildi.

A.T. ichki ishlar organlari xodimlariga jabrlanuvchini urib yubormagani, “uni ustidan o‘tib ketdim” deb o‘ylagani ma’lum qilgan. “Kamaz”ning pastki qismidan qon izlari topilgan. Hodisa yuz bergan paytda haydovchi hushyor holda bo‘lgan.

Jabrlanuvchi 41 yoshli N.M. ekanligi oydinlashdi. U bosh miya ochiq jarohati, chap oyog‘ining ochiq sinishi bilan voqea joyida vafot etgan. Sud tibbiy ekspertizaning birlamchi ma’lumotida piyoda N.M. spirtli ichimlik iste’mol qilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda Quyi Chirchiq tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs haydovchilik huquqidan mahrum etilib, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Namanganda ham shunga o‘xshash hodisa sodir bo‘lgan. O‘shanda yo‘lda o‘tirgan mast erkakni “Kamaz” urib yuborgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют