» » Navoiyda XIX—XX asrlarga tegishli zargarlik buyumlari topildi

Navoiyda XIX—XX asrlarga tegishli zargarlik buyumlari topildi


Yaqinda Navoiy kon-metallurgiya kombinati Shimoliy kon boshqarmasida o‘tkazilgan tovar moddiy boyliklarni hisobga olish tekshirishlari jarayonida XIX—XX asrlarga tegishli zargarlik buyumlari topildi, deb xabar bermoqda NavoiToday.

Shundan so‘ng noyob ashyolar Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza bo‘limiga yuborilib, mutaxassislar xulosasi olindi. Unga ko‘ra zargarlik buyumlari badiiy va etnografik ahamiyatga ega. Ularning eng qadimgisi mang‘itlar tangasi bo‘lib, u 1885—1910-yillarda Buxoroda hukmronlik qilgan Abdulahadxon davrida zarb qilingan va tanganing yoshi qariyb 130 yilni tashkil etadi.

Nodir topilmalar bugungi kunda Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida ­­— NKMK tarixi muzeyida saqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2018, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют