» » O‘zbek-Belarus instituti Belarusda emas, O‘zbekistonda tashkil etiladigan bo‘ldi

O‘zbek-Belarus instituti Belarusda emas, O‘zbekistonda tashkil etiladigan bo‘ldi


O‘zbekiston va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik natijasida Minsk shahrida Amaliy mutaxassisliklar institutining tashkil etilishi haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur institut Minskda emas, Toshkentda tashkil etiladigan bo‘ldi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

“Mazkur institutga o‘zbekistonlik yoshlarni ko‘proq qamrab olish hamda yurtimizda nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida O‘zbek-Belarus instituti O‘zbekistonda tashkil etiladi.

Vazirlik keng jamoatchilikdan mazkur institut bilan bog‘liq axborotdagi noaniqlik uchun uzr so‘raydi. O‘ylaymizki, mamlakatimizda yana bir nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasasining tashkil etilishi xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni xursand qiladi“, deyiladi vazirlik axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют