» » “Rossiya 1” telekanalida Putinning qizi deb taxmin etiluvchi Katerina Tixonova ishtirokidagi syujet chiqdi

“Rossiya 1” telekanalida Putinning qizi deb taxmin etiluvchi Katerina Tixonova ishtirokidagi syujet chiqdi


“Rossiya 1” telekanalining 6-dekabr kungi kechki yangiliklar sonida Rossiyaning “ong ostini dasturlashtirishga” qodir  texnologiyasi haqidagi syujet namoyish etildi. U “Milliy intellektual taraqqiyot” fondiga (“Innopraktika” brendi ostida faoliyat yuritadi) kiruvchi Neyroinformatsion texnologiyalar markazi tomonidan ishlab chiqilgan, deb yozadi “Vedomosti”.

Syujetda “Innopraktika” rahbari Katerina Tixonova bilan qisqa intervyu bor. Uni Reuters agentligi Rossiya prezidentining kichik qizi deb atagan edi.

Syujetda Tixonova neyromarkaz texnologiyalar sinergiyasida barpo etilganligini hikoya qiladi. “Aytish mumkinki, inson bir vaqtning o‘zida texnologiya imkoniyatlarini ham, o‘zini ham anglaydi”, — deya ta’kidladi u.

Bu Tixonovaning davlat telekanaliga birinchi intervyusidir.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z qizlarining ish faoliyati haqida gapirishdan bosh tortgan edi. Shuningdek, ta’sischilaridan biri Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qizi deb taxmin etiladigan Katerina Tixonova bo‘lgan, talabalar, aspirantlar va yosh olimlarning ilmiy-loyihaviy faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi “Milliy intellektual taraqqiyot” fondi o‘z tarixidagi rekord darajali xarajatlari haqida hisobot berganligi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2018, 00:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют