» » Shavkat Mirziyoyev: Oliy Majlis haligacha haqiqiy bahs-munozaralar maydoniga aylanmadi

Shavkat Mirziyoyev: Oliy Majlis haligacha haqiqiy bahs-munozaralar maydoniga aylanmadi


Oliy Majlis hali-hanuz haqiqiy bahs-munozaralar maydoniga aylangani yo‘q. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi chiqishida aytib o‘tdi.

Davlat rahbariga ko‘ra, qonunlar ijrosi ustidan parlament nazoratini tashkil etish Senat raisi va Qonunchilik palatasi spikerining konstitutsiyaviy vakolati hisoblanadi. Biroq parlamentning bu sohadagi faoliyatida tub o‘zgarish sezilmayapti. Jumladan, joriy yilda davlat organlari va mansabdor shaxslarga Senat 2 ta, Qonunchilik palatasi esa 3 ta parlament so‘rovi yuborgan, xolos.

— “Parlament majlislarida markaziy organlar va hududlar rahbarlari hisobotlarini eshitdik”, deb maqtanamiz. Lekin savol tug‘iladi: bunday hisobotlar bo‘layotgan bo‘lsa, ularning natijalari bo‘yicha qanday hujjatlar qabul qilindi va ijroga yo‘naltirildi? Faoliyati qoniqarli bo‘lmagan qaysi vazir yoki hokimga nisbatan munosabat bildirildi?

Xalq vakillarining qat’iy pozitsiyasi qayerda qoldi?

Misol uchun, qaysi senator yoki deputat Soliq siyosati konsepsiyasi ijrosi bilan qiziqib, Moliya vazirligi yoki Davlat soliq qo‘mitasi rahbarlariga so‘rov yubordi? — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident shu munosabat bilan Oliy Majlis palatalarida qonunlar ijrosini ko‘rib chiqish, rahbarlar hisobotini eshitish bilan cheklanmasdan, bevosita joylardagi ahvolni tizimli ravishda o‘rganish va tegishli takliflar ishlab chiqish amaliyotini yo‘lga qo‘yish zarur, deb hisoblashini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2018, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют