» » O‘zbekistonda ishlayotgan pensionerlar 2019-yildan pensiyani to‘la miqdorda oladi

O‘zbekistonda ishlayotgan pensionerlar 2019-yildan pensiyani to‘la miqdorda oladi


O‘zbekistonda kelasi yildan boshlab ishlayotgan pensionerlarga pensiyalar to‘liq hajmda beriladi. Bu haqda Konstitutsiya qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Prezidentning qayd etishicha, “Konstitutsiyamizda aholining muhim ijtimoiy huquqi sifatida kafolatlangan pensiya ta’minoti” eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoladi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 2019-yildan boshlab pensiya to‘lovining yuqori chegarasi eng kam oylik ish haqining 8 barobari (8-dekabr holatiga ko‘ra — 1 621 840 so‘m)dan 10 barobari (2 027 300 so‘m)ga oshiriladi.

“O‘zbekistondagi ijtimoiy himoya modelini real talablar asosida umume’tirof etilgan xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish zarur”, — dedi Prezident o‘z chiqishi davomida.

“Gazeta.uz”ning qayd etishicha, ishlayotgan pensionerlarga pensiyani to‘liq hajmda to‘lashni nazarda tutuvchi hujjatlarning loyihalari 2018-yil davomida bir necha bor e’lon qilindi, biroq ularning qabul qilingani haqida xabar berilmadi. Hozirda, ayrim kategoriyalardagi pensionerlarni hisobga olmasa, aksariyat ishlayotgan pensionerlar pensiyani 50 foiz miqdorda oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют