» » Time jurnali Afg‘onistonni ayollar uchun eng yomon joy deb atadi

Time jurnali Afg‘onistonni ayollar uchun eng yomon joy deb atadi


Afg‘onistonda ayollar hali ham o‘z hayoti uchun kurashmoqda. Davlat ko‘magining yetishmasligi va xalqaro yordamning kamligi ortidan ular noiloj holatda bir-biriga yordam berishni boshlamoqda. Bu haqda Time jurnali yozmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Nashr 23 yoshli Xadicha ismli qizning hayotini hikoya qiladi. O‘tgan yili u uch oylik bolasini qoldirib, o‘z joniga qasd qilishga uringan, biroq keyin kasalxonaga tushgan. Ayol Afg‘onistondagi boshqa ayollar kabi azoblardan xalos bo‘lish uchun shu ishni qilganini tan olgan.

Xadicha o‘z uyida doimiy tahqirlangan. Eri uni to‘rt yil davomida do‘pposlagan va haqorat qilgan.

Ayol o‘z joniga suiqasd qilganidan keyin uning eri zo‘ravonlik aybi bilan hibsga olingan. Time ayollarga nisbatan zo‘ravonlik kamdan-kam hollarda sudgacha yetib boradigan Afg‘onistondagi bu holatni noodatiy deb atagan.

Erining qamoqda turgan vaqtida ham Xadicha o‘zini xuddi qopqonda turgandek his qilgan. Erining ota-onasi uning bolasiga qarab turgan va Xadichaga ultimatum qo‘ygan: u bolasini ko‘rish uchun politsiyaga erining zo‘ravonligi haqida yolg‘ondan xabar berganligini aytishi kerak bo‘lgan.

Nashrga ko‘ra, AQSh Afg‘onistonda eng uzoq urushni olib bormoqda. Urushning bir qismi “ayollar huquqlari va sha’ni uchun kurash” deb nomlangan. Biroq 17 yil davomida urushga qariyb ikki trillion dollar mablag‘ sarflangan bo‘lsa ham, mamlakat hududining 60,2 foizi hali ham toliblar qo‘l ostida turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют