» » Toshkentlik olim oshqovoq poyalarida bodring yetishtirdi. Andijonlik tadbirkor bu bodringdan gektariga 35 tonna hosil oldi

Toshkentlik olim oshqovoq poyalarida bodring yetishtirdi. Andijonlik tadbirkor bu bodringdan gektariga 35 tonna hosil oldi


Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti Salohiddin Yunusov oshqovoq poyalarida bodring yetishtirdi, deb xabar beradi O‘zA.

Bodring qovoqgullilar oilasiga mansub bir yillik ekin, qovoq esa nisbatan qurg‘oqchilikka va kasalliklarga chidamli bo‘lganligi tufayli ularni payvandlash mumkin. Bunda qovoqning bir qancha nav namunalari va bodringning O‘zbekiston-740 navi o‘rganildi.

Salohiddin Yunusov, Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti

Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Samar agro zavod” kompaniyasi rahbari Bahodir Ahmedov o‘tgan yili ekilgan mana shu payvandlangan bodring ko‘chatidan bir gektardan 35 tonna hosil olinganini ma’lum qildi.

Ilgari oddiy usulda bodring yetishtirib, gektariga 20—25 tonna hosil olardik. Ba’zida poyasi tez sarg‘ayib, kasallanishi oqibatida yana ham kam hosil bo‘lardi. Bu bodring poyasi yozning issig‘iga chidamli, yuqori hosildorligi, mazali ta’mi hamda uzoq muddatgacha yaxshi saqlanishi bilan bizga ma’qul bo‘ldi. 2017-yilda 3 gektarda payvandlangan bodring ekamiz. Hozirdanoq ko‘plab zavodlar bilan shartnomalar imzolaganmiz.

Bahodir Ahmedov, “Samar agro zavod” kompaniyasi rahbari

Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti kasalliklarga chidamli, mahalliy iqlim sharoitiga mos, serhosil, ertapishar navlarni yaratish va resurstejamkor yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish olimlar faoliyatining asosini tashkil etayotganini qayd etdi.

“Keyingi yillarda universitetimiz olimlari bodringning ochiq maydon uchun oltita, himoyalangan maydonda yetishtirish uchun to‘rtta yangi navini yaratdi”, — dedi Salohiddin Yunusov.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-03-2017, 23:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют