» » O‘zbekiston va General Electric’ning hamkorlikdagi loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhi tuzildi

O‘zbekiston va General Electric’ning hamkorlikdagi loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhi tuzildi


O‘zbekistonga tashrif bilan kelgan AQShning General Electric kompaniyasi vitse-prezidenti Ronald Jeyms Pollett mamlakatda chet ellik sarmoyadorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

O‘zbekiston bozorida General Electric kompaniyasi faoliyat boshlaganiga 10 yildan oshdi. O‘zbekistonlik sheriklarimiz bilan aviatsiya, neft-gaz, elektr energetika, sog‘liqni saqlash, transport va boshqa sohalarda muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqdamiz.

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi bilan energetika sohasida modernizatsiya ishlarida qatnashmoqdamiz. Soha mutaxassislarining chet elda malaka oshirishini tashkil etmoqdamiz.

Hamkorligimizni yanada rivojlantirish mahsulotlarni mahalliylashtirishni taqozo etmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatda bu masalaga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zaro hamkorligimiz sur’atidan mamnunmiz. O‘zbekistonning turli vazirlik va idoralari bilan memorandum imzoladik. Ushbu hujjatga muvofiq O‘zbekiston va General Electric kompaniyasi hamkorligida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhi tuzildi.

Biz O‘zbekiston bilan hamkorligimizni izchil rivojlantirish tarafdorimiz. Binobarin, bu hamkorlikdan ikki tomon ham birdek manfaatdor.

Ronald Jeyms Pollett, General Electric kompaniyasi vitse-prezidenti

Avvalroq Ronald Jeyms Pollett O‘zbekistonga tashrifi doirasida mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgani, shuningdek, O‘zbekiston va General Electric o‘rtasida o‘zaro memorandum imzolangani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-03-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют