» » O‘zbekistonda darsliklar tayyorlaydigan ilmiy-tekshirish instituti tashkil qilinadi

O‘zbekistonda darsliklar tayyorlaydigan ilmiy-tekshirish instituti tashkil qilinadi


Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Umarov darslik chiqaradigan ilmiy-tekshirish instituti tashkil etilishini aytib o‘tdi. Bu haqda u 12-dekabr kuni  “Taraqqiyot strategiyasi” markazida OAV uchun tashkil etgan anjumanda ma’lum qildi, deb yozadi Turon24.

Alisher Umarovning ta’kidlashicha, hozirgi maktab darsliklarida mavzularning takrorlanishi, bir fandan to‘rttalab kitoblar o‘qitilishi kabi muammo va xatoliklar kuzatilayotgani darsliklar chiqaradigan ilmiy-tekshirish institutini tashkil etishga jiddiy sabab bo‘lgan.

Shuningdek, Umarov endilikda qardosh tillarda chiqarilayotgan darsliklarning ijara narxi o‘zbek tilida nashr etilayotgan ijara narxi bilan bir xilda bo‘lishini ham ta’kidladi.

Anjumanda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonda umumta’lim maktablarini tamomlagan o‘quvchilarning hammasida ham oliy o‘quv yurtiga kirish imkoni yo‘qligini, shu sabab, kasb-hunar o‘rgatish tizimini jiddiy yo‘lga qo‘yish lozimligini aytdi. “Oddiy chilangar ham shu kunlarda kamyob bo‘lib qolgan, odamlarning ongida institut diplomi bo‘lsa, hammasi yaxshi bo‘ladi, degan tushuncha o‘zini oqlamayotgani ko‘p hollarda bilinib qolmoqda”, — deya ta’kidladi u.

Joriy yilning 2-noyabrida O‘zbekiston prezidenti  Xalq ta’limi vazirligi bilan uchrashuv o‘tkazgan. Uchrashuvda darslik chiqaradigan ilmiy-tekshirish institutini tashkil etish taklifi prezident tomonidan ma’qullangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют