» » Venesuela sobiq neft vaziri Nelson Martines vafot etdi

Venesuela sobiq neft vaziri Nelson Martines vafot etdi


Venesuela sobiq neft vaziri hamda Petroleos de Venezuela (PDVSA) davlat korporatsiyasining raxbari, 2017-yilining dekabrida hibsga olingan Nelson Martines vafot etdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.

Nelson Martines PDVSA’ga rahbar bo‘lgan paytda hibsga olingan. Unga PDVSA’ning qayta ishlash bo‘linmalariga rahbar bo‘lgan payt amerikaning Citgo Petroleum Corp. bilan noqonuniy tuzilgan shartnomalar uchun ayblov e’lon qilingan. Shuningdek, Nelson Martines pullarni noqonuniy o‘zlashtirish bo‘yicha ham ayblangan.

Martines vafot etgan kun, Venesuela hukumati 65 nafar neft sanoati korxonalari davlat xizmatchilarini va rahbarlarni hibsga olgan. Undan tashqari, yana bir sobiq neft vaziri Euloxio Antonio del Pino Diasa Petrozamora korxonasidagi $500 million dollarlik firibgarlik bo‘yicha qo‘lga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют