» » Iroq neft vazirligi Kurdiston bilan shartnoma imzolashni qonundan tashqari deb e’lon qildi

Iroq neft vazirligi Kurdiston bilan shartnoma imzolashni qonundan tashqari deb e’lon qildi


Iroq neft vaziri Jabbor al-Luaybiy chet el kompaniyalarini Kurdiston hukumati bilan neft yuzasidan har qanday kelishuvlarga erishish va shartnomalar imzolash noqonuniy ekanligidan ogohlantirdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

“Iroqdagi va undan tashqaridagi ayrim amaldorlarning, shuningdek, chet el neft kompaniyalarining u yoki bu tomon bilan Iroq hududida federal hukumat yoki neft vazirilig ruxsatisiz shartnomalar imzolash yuzasidan mas’uliyatsiz bayonotlari Iroq ichki ishlariga qo‘pol tarzda aralashish, milliy suverenitet va xalqaro me’yorlarning buzilishi deb baholanadi”,— dedi u.

Jabbor al-Luaybiy faqat federal hukumat yoki neft vazirligi neft konlarida ishlash va neft mahsulotlariga oid boshqa shartnomalarni imzolashga haqli ekanligini ta’kidladi. Vazirlik va hukumat mamlakatning tabiiy resurslarini talon-torojdan himoya qilish uchun mahalliy va xalqaro sudlarga murojaat etishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют