» » O‘zbekistonliklarning 80 foizi ayollar ishlashi shart emas deb hisoblaydi

O‘zbekistonliklarning 80 foizi ayollar ishlashi shart emas deb hisoblaydi


Tanzila Norboyeva hukumat mehnat munosabatlariga zid holatlarga yo‘l qo‘ymasligini qat’iy ta’kidladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Toshkenda mehnat va bandlik masalalari yuzasidan o‘tkazilayotgan xalqaro anjumada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva mamlakat Xalqaro mehnat tashkilotining to‘laqonli a’zosi ekanligi, shu vaqtgacha XMTning 14 ta konvensiyasi ratifikatsiya qilingani haqida to‘xtalib, hukumat mehnat munosabatlariga zid holatlarga yo‘l qo‘ymasligini qat’iy ta’kidladi.

— Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida shuni tan olamanki, munosib ish o‘rinlari taqchilligiga avvalo ayollarimiz duch kelmoqda, — dedi T.Norboyeva. — Aholimizning 80 foizi oilada erkak kishi pul topishi kerak, ayol farzandlar tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lishi lozim, deb hisoblaydi. Jamiyatda saqlanib qolgan shu kabi patriarxal qarashlar xotin-qizlarimizning munosib ish o‘rinlariga joylashishiga halaqit bermoqda.

T.Norboyeva shuningdek, mamlakatda XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari doirasida hukumat darajasida olib borilayotgan ishlar mazmuniga to‘xtaldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют