» » O‘zbekiston hukumati yuqori lavozimidagi mulozimlaridan biri birinchi bor “Amerika ovozi”ga intervyu berdi

O‘zbekiston hukumati yuqori lavozimidagi mulozimlaridan biri birinchi bor “Amerika ovozi”ga intervyu berdi


Birinchi bor O‘zbekiston respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva “Amerika ovozi” teleradiosiga intervyu berdi, deb yozadi O‘zA.

Ta’kidlanishicha, shu paytgacha O‘zbekiston hukumatidan bu darajadagi hech bir rasmiy vakil “Amerika ovozi” yoki shu singari xorijiy axborot vositalari bilan ochiq va yuzma-yuz muloqot qilmagan.

O‘zbekiston respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi O‘zbekistonda bugun kunda xotin-qizlar maqomi, ayol nufuziga bo‘lgan munosabat, ularning mehnat sharoiti, yashash tarzi, ijtimoiy ahvoli xususidagi savollarga batafsil javob qaytargan.

T.Norboyeva bu hafta Nyu-Yorkda BMT ayollar sammitida qatnashib, so‘ngra Vashingtonda AQSh hukumati va nohukumat tashkilotlarning vakillari bilan muzokaralar olib borgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют