» » O‘zbekiston mobil internet bo‘yicha 108-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston mobil internet bo‘yicha 108-o‘rinni egalladi


O‘zbekiston Ookla kompaniyasi tomonidan tayyorlangan Speedtest Global Index (2018-yil noyabr ma’lumotlari) mamlakatlarning internet tezligi bo‘yicha yangilangan reytingidagi pozitsiyasini biroz yaxshiladi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 123 ta o‘rindan 108-o‘rinni (yuklash tezligi — 10,44 Mbit/s, tarqatish — 4,64 Mbit/s) egalladi. Respublika oktabr oyida 110-o‘rinni (yuklash — 9,73 Mbit/s, tarqatish — 4,54 Mbit/s) egallagan edi.

Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat Tojikiston (123-o‘rin), Afg‘oniston (121) va Hindistonni (111) ortda qoldirdi.

Qozog‘iston reytingda 18,23 Mbit/s yuklash tezligi bilan 80-o‘rin, Rossiya — 77-o‘rin (18,43 Mbit/s), Qirg‘iziston — 100-o‘rinni (13,05 Mbit/s) egalladi.

Sim bilan ulanuvchi internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston oktabr oyidagi ko‘rsatkichdan bir pog‘ona yuqorilab, 111-o‘rinni egalladi (yuklash — 9,98 Mbit/s, tarqatish — 9,74 Mbit/s).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют