» » Quyosh atmosferasi rekord darajadagi yaqin masofadan suratga olindi

Quyosh atmosferasi rekord darajadagi yaqin masofadan suratga olindi


Parker Solar Probe zondi rekord darajadagi yaqin masofadan quyosh atmosferasining suratini yubordi. Bu haqda “National Geographiс” xabar berdi.

Parker Solar Probe 11-noyabr kuni quyosh bilan yaqinlashuvini yakunladi va endi to‘plangan ma’lumotlar Yerga yuborildi. Batafsil tahlil keyinchalik amalga oshiriladi, ammo hozirgi kunda Quyosh atmosferasining noyob suratlarini ko‘rish imkoniyati mavjud.

Gap WISPR (Wide-fiyeld Imager for Solar Probe) uskunasi yordamida olingan suratlar haqida. Suratda turli magnit qutbli hududlarni bog‘laydigan hamda elektr zaryadlangan gazlar va plazma (quyosh shamoli ta’siri tufayli shakllangan uzun shakllar)dan iborat katta magnit maydonli birikmalardan tarkib topgan uzun porloq dubulg‘ali tuzilma aks etgan.

Ushbu surat rekord darajadagi qisqa masofadan olingan — 27,2 million kilometr. Suratdagi yorqin nuqta (markazning chap tomonida) — bu Merkuriy.

NASA ushbu surat qanday haroratda olingani haqida xabar bermadi. Biroq, qurilma so‘nggi haroratda 1,370 Selsiy darajadagi issiqlikdan termal himoya bilan jihozlanganligi ma’lum.

Quyosh bilan keyingi yaqinlashuv 4-aprelda boshlandi. Missiya doirasida Parker Solar Probe 24 ta yaqinlashuvni amalga oshiradi: u yulduzga yaqinlashaveradi va yaqinlashuvlardan birida quyoshga taxminan 6,16 million kilometr masofaga yetib borishi kutilmoqda.

Parker Solar Probe 2018-yilning 12-avgustida ishga tushirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют