» » Amerikalik olimlar ilk bor organlarni muvaffaqiyatli muzlatib qo‘ydi va eritdi

Amerikalik olimlar ilk bor organlarni muvaffaqiyatli muzlatib qo‘ydi va eritdi


Amerikalik shifokorlar ilk bor muzlatib qo‘yilgan to‘qima va organlarni muvaffaqiyatli eritishga erishdi. Bunda temir oksidi nanozarralaridan foydalanilib, hujayralar va hujayralararo muhitga zarar yetkazilmadi. Bu haqda Science Translational Medicine jurnalida chop etilgan maqolada so‘z yuritiladi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Biz birinchi marta biomateriyaning yirik namunasini olib, haroratni bir daqiqada yuzlab darajaga ko‘tarib, to‘qimalarga zarar yetkazmagan holda tezda erita olishimizni ko‘rsatishga erishdik. Bu kabi natijalar bizni quvontiradi va kelajakda transplantatsiya uchun muzlatilgan organlarning ko‘plab bankalarini yarata olishimizga umid uyg‘otadi”, — deydi Minneapolisda joylashgan Minnesota universitetidan Jon Bishof.

Organlarni ko‘chirib o‘tkazishning asosiy muammolaridan biri barcha organlar, jumladan, yurak, jigar va buyraklar tirik tanadan tashqarida uzoq yashamasligidir.

Bishofning ma’lum qilishicha, bu muammoning yechimi ravshan — organlarni muzlatib qo‘yish va faqat zarurat paydo bo‘lganda eritish talab etiladi. Biroq organlar oddiy usul bilan muzlatilganda to‘qimalar va ularning hujayralarida suv kristallari shakllana boshlaydi va hujayralar membranasini parchalab, ularni o‘ldiradi.

Muzlatilgan organlarni eritishda to‘qimalar bir tekisda qizimaydi, oqibatda ular parchalanib keta boshlaydi. Minnesota universiteti olimlari bu muammo yechimini nanozarralar dunyosidan topdi. Ular bir daqiqada haroratni minus 160 darajadan xona haroratigacha oshirib, hujayralarga zarar yetkazmasdan organlarni eritish imkonini beradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-03-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют