» » Kelgusi yildan o‘zini-o‘zi moliyalashtiruvchi davlat OTMlari paydo bo‘ladi

Kelgusi yildan o‘zini-o‘zi moliyalashtiruvchi davlat OTMlari paydo bo‘ladi


“Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Bu hadqa Xushnudbek Xudoyberdiyev ma’lum qildi.

Qarorda oliy ta’lim tizimidagi ayrim muammo va kamchiliklar sanab o‘tilgan. Shu bilan bir qatorda hujjat loyihasida tizimni rivojlantirish yo‘lida ayrim o‘zgarishlar ham belgilangan.

Xususan, 2019-yil 1-yanvardan:

— Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining kasb-hunar ta’limi markazini tugatish;

— fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalariga ega xodimlarga 30 foiz, fan doktori (Doсtor of Science) ilmiy darajasiga ega xodimlariga 35 foiz oylik ish haqiga davlat budjetidan ustamalar berish;

— Vazirlikning markaziy apparat xodimlariga ustamalar belgilash (3-5 yilgacha – 10%; 5-10 yilgacha – 20%; 10-20 yilgacha – 30%; 20 yildan ortiq – 40%);

— 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab tajriba tariqasida bir qator OTMlarni bosqichma-bosqich o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish;

— 2022-yilning 1-yanvariga qadar o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan davlat OTMlariga bir qator soliq imtiyozlarini berish taklif qilinmoqda.

“Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha xuddi shu matnda yoki o‘zgarish kiritilgan holda tasdiqlanishi yoxud rad qilinishi ham mumkin. Sizning takliflaringiz oliy ta’lim tizimini rivojlantirish uchun muhimligini unutmang. Kiring va takliflaringizni qoldiring”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют