» » Alisher Usmonov Moskva muzeyiga noyob qurollar kolleksiyasini sovg‘a qildi

Alisher Usmonov Moskva muzeyiga noyob qurollar kolleksiyasini sovg‘a qildi


Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti, asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov o‘zining noyob qurollar kolleksiyasini Moskvadagi Sport muzeyiga taqdim etdi. Bu haqda muassasa matbuot xizmatiga tayanib, Sputnik xabar berdi.

“Rossiya Madaniyat vazirligi ekspertlarining bahosiga ko‘ra, kolleksiya Rossiyada ham, xorijda ham o‘ziga xos noyob va yagonadir”, — deyilgan xabarda.

Kolleksiya tarkibidan 25 nusxadagi qilich va nayzalar o‘rin olgan.

Usmonovning mazkur kolleksiyasi muzeyning “Qilichbozlik” bo‘limi yangi zalida namoyishga qo‘yiladi.

Shuningdek, qilichbozlik mahoratiga oid noyob kitoblar to‘plami ham muzeyga hadya etilgan.

Alisher Usmonov “Qilichbozlik kelajagi uchun” Xalqaro xayriya jamg‘armasi ta’sischisidir. Sportning qilichbozlik turini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish – jamg‘armaning asosiy maqsadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют