» » Toshkent shahar IIBB: Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari 2021-yilgacha amal qiladi

Toshkent shahar IIBB: Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari 2021-yilgacha amal qiladi


2020-yilning oxirigacha haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun Davlat xizmatlari markazlarida faqat eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi, talon, texpasport va eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida to‘lov talab qilinadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiga tayanib, Sputnik xabar bermoqda.

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari 2020-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

Ayni vaqtda haydovchilik guvohnomalarini almashtirish bo‘yicha Toshkent shahrining 7 ta tumanidagi Davlat xizmatlari markazi xizmat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, “navbatsiz” xizmat ko‘rsatish faqat Davlat xizmatlar markazlarida amalga oshiriladi. Uning narxi eng kam ish haqining 60 foizini tashkil etadi. Mazkur xizmat tashkilot uchun ish vaqti bo‘lmagan soat 13.00 dan 14.00 gacha hamda soat 18.00 dan 19.00 gacha amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют