» » Oliy Majlisda “Rosatom” bosh direktori birinchi o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oliy Majlisda “Rosatom” bosh direktori birinchi o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


18-dekabr kuni parlament quyi palatasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Boriy Alixonov va deputatlarning Atom energetikasi bo‘yicha “Rosatom” Davlat korporatsiyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Lokshin boshchiligidagi delegatsiya bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama etildi, deb xabar berdi “Xalq so‘zi Online”.

Uchrashuvda ikki davlat prezidentlarining siyosiy irodasi tufayli O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi qalin hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida O‘zbekiston hududida atom elektr stansiyasi qurish bo‘yicha kelishuv imzolangan. Ayni paytda “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqilgan.

Shuningdek, yaqinda Rossiya Federatsiyasining atom energetikasi sohasidagi ilg‘or ish tajribasi bilan tanishish maqsadida Boriy Alixonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Novovoronej AESga tashrif buyurdi.

O‘z navbatida, Aleksandr Lokshin ham ayni paytda jahonning 12 mamlakatida 36 ta energoblok qurayotgan “Rosatom” Davlat korporatsiyasi faoliyati va to‘plagan tajribasi xususida so‘zlab berdi. Bunda mazkur energobloklar va O‘zbekistonda quriladigani mavjud barcha xavfsizlik talablariga javob bera oladigan, jumladan, ekologik, shuningdek, MAGATE’ning zamonaviy talablari va takliflariga mos keladigan innovatsion obyektlarning “3+” uchinchi avlodiga tegishli ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida qayd etilganidek, taklif etilayotgan Rossiya texnologiyasi zilzila, sunami, bo‘ron, samolyot qulashidan himoyalash bo‘yicha barcha postfukusima xavfsizlik talablariga ham javob berishi aytib o‘tildi. Bundan tashqari, energoblok qo‘shhimoya qobig‘iga ega bo‘lib, bu uning ekspluatatsiyasi xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasini ta’minlab beradi. Energoblokning xizmat ko‘rsatish muddati 60 yilni tashkil qiladi

Muhokamalar chog‘ida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan atom elektr stansiyasi maydonini tanlash, loyihalashtirish, qurilishi va kafolatlangan ekspluatatsiyasi jarayonlarini huquqiy tartibga solishni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bunda atrof-muhit muhofazasi va yong‘in xavfsizligi borasida O‘zbekiston Respublikasi norma va qoidalarini qo‘llash taklif etilmoqda. Atom elektr stansiyasi loyihasiga ularni qo‘llab bo‘lmaydigan holatlarda esa, Rossiya Federatsiyasining tegishli sohadagi federal norma va qoidalari tatbiq etiladi.

Uchrashuvda, shuningdek, AESning ishga tushirilishi yiliga 3,7 milliard kubometr tabiiy gazni iqtisod qilish, atmosferaga chiqadigan is gazi, xususan, 14 million tonnagacha is gazi va 36 ming tonnagacha azot dioksidi chiqarilishi miqdorini kamaytirish imkonini berishiga e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, AES qurilishi davrida 8 ming nafardan ziyod, ekspluatatsiya davrida esa, 3 ming nafar odamni yangi ish o‘rni bilan ta’minlashga imkon yaratishi ta’kidlab o‘tildi.

Ochiq va o‘zaro ishonch ruhida kechgan uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют