» » Vladimir Putinning vakolati oshirildi

Vladimir Putinning vakolati oshirildi


Davlat dumasi soddalashtirilgan sxema asosida prezident tomonidan Rossiya fuqaroligiga nomzodlarni tanlash huquqini beruvchi qonun loyihasini uchinchi, yakuniy o‘qishda qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Izoh xatida tashabbusning gumanitar yo‘naltirilganligi qayd etilgan. Rossiya fuqaroligini tezlashtirilgan tartibda urush hududlarida, shuningdek, murakkab ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy muhitdagi mamlakatlarda yashayotgan odamlar olishi mumkin bo‘ladi. Xususan, qonun loyihasi bilan Ukraina fuqarolarining ko‘chirilishi ham soddalashtiriladi.

Yangi soddalashtirilgan tartibga ko‘ra, prezident tomonidan ajratilgan xorijliklar guruhi Rossiya pasportini besh yil davomida Rossiyada yashamay, rus tilini bilmay turib ham olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, ayrim toifalar mavjud bo‘lgan boshqa fuqarolikdan ham chiqishdan ozod etiladi.

Vladimir Putin Rossiya fuqaroligini berishni liberallashtirish haqida iyun oyida e’lon qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu jarayonni soddalashtirish turli muammolarni, birinchi navbatda demografik muammoni hal etishda yordam beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют