» » Jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi yangi tajriba Qoraqalpog‘istondan boshlanadi

Jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi yangi tajriba Qoraqalpog‘istondan boshlanadi


Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari va Milliy gvardiya keng jamoatchilik bilan hamkorlikda tun-u kun 24 soat davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga jalb qilinadi. Yangilik bo‘lgan ushbu tajriba Qoraqalpog‘istondan boshlanmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston prezidenti Konstitutsiya qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashishda mutlaqo yangicha tizim joriy etilishini ma’lum qilgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 4-dekabrdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarlik profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishda mazkur tizim to‘g‘risida batafsil bayon etilgan.

Ushbu hujjat ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan hamkorlikdagi “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Unda ichki ishlar organlari xodimlarining vatanparvarlik va ma’naviy tarbiyasi samaradorligini yanada oshirish, mamlakat tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash borasida vazifalarni hal etishda ularning harbiy bo‘linmalari bilan uzviy hamkorligini tashkil qilish, shuningdek, ularda jamoaviylikni, uyushqoqlik va daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirish tizimini takomillashtirish maqsad qilingan.

Shundan kelib chiqib, Shimoli—G‘arbiy harbiy okrug bazasida ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslari tashkil etish belgilangan. Ichki ishlar idoralari xodimlaridan iborat guruhlar belgilangan kun tartibi asosida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, kunning ikkinchi yarmida “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi tadbirlari doirasida jinoyat sodir etilish xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda jamoat tartibini saqlash uchun jalb qilinadi.

Bugungi kunda xodimlarning o‘qishi, mashg‘ulotlarga qatnashi va dam olishi uchun zarur sharoit yaratish ishlari boshlab yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют