» » Qoraqalpog‘iston tajribasi: Jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi xodimlarni Mudofaa vazirligi o‘qitadi

Qoraqalpog‘iston tajribasi: Jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi xodimlarni Mudofaa vazirligi o‘qitadi


Qoraqalpog‘iston Respublikasida tajriba tariqasida jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi xodimlarni Mudofaa vazirligi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugiga qarashli harbiy qism bazasida ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslarida muntazam o‘qitish tizimini joriy etishga kirishildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mazkur yangilik O‘zbekiston Prezidentining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

Farmoyish asosida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasiga ko‘ra, Nukus shahri va tumanlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda aholini ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning Mudofaa vazirligi bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur hujjat ijrosi yuzasidan Nukus shahri Yoshlar markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari hamkorligida “Jinoyatchilikning oldini olishning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” deb nomlangan anjuman o‘tkazildi.

Anjuman doirasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini va sportni ommalashtirish maqsadida tashkil etiladigan sport musobaqalari, ommaviy sport festivallari va spartakiadalar, suhbat-treninglarni o‘tkazishda “Fidokor yoshlar” jamoatchilik guruhlariga eng ilg‘or harbiy xizmatchilar, askarlar ham kiritilishi belgilab olindi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini amalga oshirishda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi imkoniyatlari hamda ofitser va serjantlarning harbiy vatanparvarlikni tashkil etish yo‘nalishidagi ilg‘or tajribasidan unumli foydalanishga urg‘u berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют