» » Alisher Usmonov: O‘zimni O‘zbekiston rahbariyatining yordamchisi deb hisoblayman

Alisher Usmonov: O‘zimni O‘zbekiston rahbariyatining yordamchisi deb hisoblayman


Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Rossiyaning Forbes nashriga bergan intervyusida O‘zbekistondagi roli haqidagi gapirdi.

Forbes muxbirining “Sizning sobiq sherigingiz Bidzina Ivanishvili ham o‘z vatani Gruziyaga ketdi. U yerda hokimiyatni muvaffaqiyatli ushlab turgan partiyani yaratdi, xayriya ishlarini amalga oshirib, ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirmoqda. O‘zbekistondagi rolingiz Ivanishvilining Gruziyadagi o‘rni bilan bir xil bo‘ladimi?” degan savoliga javoban:

“Yo‘q, yo‘q, bu umuman boshqa hikoya. Borya Rossiya fuqaroligidan voz kechdi. Men esa avvalo Rossiya fuqarosiman. Menga investor yoki hatto sherik sifatida pul topish kerak bo‘lgan ba’zi biznes loyihalar bilan shug‘ullanish qiziqarli emas va men buni xohlamagan bo‘lar edim.

Biroq, boshqa investorlar ishonchini qozonish uchun pul sarflash zarur bo‘lsa, ular tavakkal qilishdan qo‘rqmasliklari uchun men bunga tayyorman. O‘zimni O‘zbekiston rahbariyatining yordamchisi deb hisoblayman”, — deydi Alisher Usmonov.

Forbes: Maslahatchi, konsultant sifatidami?

— Yo‘q, qanaqa maslahatchi? Men doimo u yerda ishlayapman va Prezident Mirziyoyevning mamlakatda boshlagan islohoti muvaffaqiyatli yakunlanishi men uchun juda muhimdir. O‘zbekistonning kelajagi uning yutug‘iga bog‘liq — bu hodisaga esa befarq emasman.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют