» » Global falokatning yangi belgilari aniqlandi

Global falokatning yangi belgilari aniqlandi


AQShning Oregon shtati universiteti olimlarining aniqlashicha, 125 ming yil avval G‘arbiy Antarktika muzligining erishi sababli dengiz sathi hozirgidan 6—8 metr baland bo‘lgan. Bunga o‘xshash vaziyat yaqin o‘tmishda ham yuz berishi mumkin, chunki muzlik janubiy yarimshardagi eng ojiz muzliklardan biri hisoblanadi. Bu haqda Science xabar berdi.

G‘arbiy Antarktika muzligining asosi dengiz sathidan pastda joylashgan. Okean suvlari haroratining oshishi natijasida muzliklar tez erib ketishi va dengiz sathini oshirib, qirg‘oq bo‘yidagi katta hududlarini suv ostida qoldirishi mumkin. Olimlarning fikricha, so‘nggi yillarda kuzatilayotgan muzliklar erishining tezlashishi qisqa muddatli hodisa emas, balki bu jarayonning boshlanishi hisoblanadi. Paleolit davrida muzlikning erishi oqibatida dengiz sathi yuz yillik ichida 2,5 metrga ko‘tarilgan.

125 ming yil avvalgi erishning sababi hozirgi kundagidek issiqxona gazlari emas, balki Yer aylanish o‘qining joylashuvidagi kichik o‘zgarish bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют