» » Forbes’ning biznes yurituvchi eng yaxshi mamlakatlar ro‘yxatida O‘zbekiston 105-o‘rinni egalladi

Forbes’ning biznes yurituvchi eng yaxshi mamlakatlar ro‘yxatida O‘zbekiston 105-o‘rinni egalladi


Forbes O‘zbekistonni biznes yuritish uchun eng yaxshi mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi. Forbes biznes yuritish uchun eng yaxshi mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda 161 mamlakatdan O‘zbekiston 105-o‘rinni egalladi. Bu haqda “Spot” xabar berdi.

Jurnal ro‘yxatni bir qator mezonlar asosida tuzadi: egalik huquqi, innovatsiya joriy etish darajasi, soliq solish darajasi, texnologiya, korrupsiya darajasi, erkinlik(shaxsiy, savdo va moliyaviy), byurokratizm va investorlarning himoyalanganligi.

2017-yilda O‘zbekiston 99-o‘rinda bo‘lgan, ammo unda ro‘yxatda mamlakatlar ham kamroq bo‘lgan — 153 ta.

MDH mamlakatlarida eng yaxshi ko‘rsatkichlar Rossiyada — 55-o‘rin, Markaziy Osiyo mamlakatlarida — Qozog‘iston (65-o‘rin).

Birinchi o‘rinni avvalgi yildagi kabi Buyuk Britaniya egalladi. Ikkinchi o‘rin Shvetsiya, uchinchi — Gonkongga nasib qildi.

Ilk o‘ntalikka shuningdek, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Kanada, Daniya, Singapur, Avstraliya va Shveysariya kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют