» » Chilonzor tumani Bog‘iston ko‘chasida 23 ta 9 qavatli uy quriladi

Chilonzor tumani Bog‘iston ko‘chasida 23 ta 9 qavatli uy quriladi


Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumani Bog‘iston ko‘chasida bunyod etiladigan ko‘p qavatli uylarning qurilish maydonida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bu yerda 23 ta 9 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. 900 xonadondan iborat bo‘ladigan bu uylar Turkiya texnologiyasi asosida quriladi va kelgusi yili foydalanishga topshiriladi.

Hozirda uylarning poydevori quyilgan. Ular zilzilaga bardoshli qilib quriladi. Nogironlar uchun ham qulayliklarga ega bo‘ladi. Isitish va sovitish tizimi har bir xonadonda mustaqil boshqariladi.

Davlat rahbari bu uylar mustahkam va sifatli bo‘lishi, poytaxtdagi eng namunali joylardan biriga aylanishi kerakligini ta’kidladi.

Shu yerda Toshkent shahrida kommunal tarmoqlarni rivojlantirish, kanallarni mukammal ta’mirlash va tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha loyihalar namoyish etildi.

Prezident poytaxtdagi kanallar atrofini obod saqlash, odamlar dam oladigan, bolalar cho‘miladigan so‘lim va xavfsiz hududlar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют