» » O‘zbekiston qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi belgilandi

O‘zbekiston qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi belgilandi


Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Qizil kitob O‘zbekiston hududida kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o‘simliklar muhofazasi, ularni qayta tiklash maqsadida tashkil etiladi.

Qizil kitobga hayvonot va o‘simlik olami turlarini (kenja turlarini) kiritish (undan chiqarish) bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni Fanlar akademiyasining Zoologiya hamda Botanika institutlari ishlab chiqadi.

Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) va ularni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar Kamyob va yo‘qolib ketish arafasida turgan hayvonlar va o‘simliklarni muhofaza qilish bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan muvofiqlashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют