» » O‘zbekistonda diametri 40 sm bo‘lgan daraxtni kesganlik uchun jarima 9 mln so‘mgacha oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda diametri 40 sm bo‘lgan daraxtni kesganlik uchun jarima 9 mln so‘mgacha oshirilishi mumkin


O‘zbekistonda o‘simlik dunyosi obyektlari 4 500 va hayvonot dunyosi 15 700 turdan ortiqni tashkil etadi. Ulardan 324 tur o‘simlik va 184 tur hayvonot dunyosi obyektlari O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi joriy yilning shu davriga qadar o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha 2 345 nazorat tadbiri o‘tkazdi. Natijada o‘simlik dunyosi bo‘yicha 2 023, ovchilik qoidalarining buzilishi bo‘yicha 264, baliq ovlash bo‘yicha 675 qonunbuzilish holati aniqlangan.

Aniqlangan 2 716 holat bo‘yicha 385 million so‘m jarima qo‘llanilgan. Atrof-muhitga yetkazilgan zarar 3,76 milliard so‘m miqdorida hisoblangan bo‘lib, shundan 576,3 million so‘m undirilgan. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi.

“Keyingi paytda ijtimoiy tarmoqlarda daraxtlarning kesilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Albatta, bu jiddiy masala va ular qonun doirasida o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda. Daraxtlarning hajmiga qarab, masalan, diametri 40 santimetr bo‘lgan bir daraxtni kesish 755 ming so‘m jarima bilan belgilangan. Hozirgi kunda bu borada ishlab chiqilayotgan choralarga muvofiq, kelgusida aynan shu diametrdagi daraxt jarimasi 9 million so‘mni tashkil etadi. Bunday sa’y-harakatlar esa tabiatimizni asrashga xizmat qiladi”, — deydi qo‘mitaning Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i N.Mo‘minov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют