» » “Navoiy” EIZ eng yaxshi jahon tajribasiga asoslangan holda takomillashtiriladi

“Navoiy” EIZ eng yaxshi jahon tajribasiga asoslangan holda takomillashtiriladi


Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer maydonlari ajratish, tuman (shahar) hokimining yer maydonlarini ajratish to‘g‘risidagi alohida qarorisiz, ma’muriy kengashlarning investitsiya loyihalarini tanlash va amalga oshirish uchun erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish to‘g‘risidagi bayonnomalari bilan rasmiylashtiriladi;

Erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirishning sharti sifatida faoliyat boshlanganidan keyin ikkinchi moliyaviy yili yakunlariga ko‘ra ikki yil davomida yillik ishlab chiqarilgan mahsulotning 25 foizidan kam bo‘lmagan, keyingi yillarda 50 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda eksport qilish belgilanadi. Mazkur shartlar bajarilmagan taqdirda, tadbirkorlik subyektining erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi hamda avval taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilinadi;

Erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ma’muriy kengashlar tomonidan qarorlar biznes-rejalar va texnik-iqtisodiy asoslarga Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda qabul qilinadi;

Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga berilgan imtiyozlar faqat erkin iqtisodiy zonalar hududida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga tatbiq etiladi;

Erkin iqtisodiy zonalarning bosh rejalari ma’muriy kengashlar tomonidan Qurilish vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mita bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

Erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarining direktorlarini tayinlash va lavozimidan ozod etish ma’muriy kengashlar tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;

Vazirlar Mahkamasi har chorakda direksiya rahbarlarining ma’qullangan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bo‘yicha hisobotlarini eshitadi.

Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini eng yaxshi jahon tajribasiga asoslangan holda takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют