» » Osiyoda yil odami deb topilgan Shavkat Mirziyoyev, Rossiyaga urush elon qilish niyatidagi Ukraina, Toshkent hokimligiga tayinlangan Jahongir Ortiqxojayev va kunning boshqa muhim xabarlari

Osiyoda yil odami deb topilgan Shavkat Mirziyoyev, Rossiyaga urush elon qilish niyatidagi Ukraina, Toshkent hokimligiga tayinlangan Jahongir Ortiqxojayev va kunning boshqa muhim xabarlari


21-dekabrning asosiy yangiliklari Daryo dayjestida.

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo jurnalistlari assotsiatsiyasi (OJA) tomonidan Osiyoda yil odami deb tan olindi.

OJAning qayd etishicha, goliblar nomi mintaqaning har bir davlati vakillari va assotsiatsiya azolari tavsiyalari hamda baholaridan song maxsus hakamlar tomonidan aniqlandi.

Ozbekiston rahbari siyosat yonalishi boyicha golib, deb etirof etildi.

Ushbu galaba qoshni davlatlar bilan faol hamkorlik aloqalarini ornatganlik, Markaziy Osiyoda tinchlik-totuvlikni asrashga katta hissa qoshganlik uchun berildi.

***

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkodan Rossiyaga urush elon qilish va u bilan barcha diplomatik aloqalarni uzish soralgan murojaat loyihasi Ukraina parlamentiga korib chiqish uchun kiritildi.

Uning muallifi fraksiyadan tashqari deputat Vitaliy Kupriydir.

Avvalroq Ukrainada 2019-yil 1-apreldan Rossiya bilan dostlik va hamkorlik haqidagi shartnomani tugatish haqidagi qonun qabul qilingan edi.

***

Jahongir Ortiqxojayev Toshkent shahar hokimi etib tayinlandi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar sessiyasida tashkiliy masala korildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Jahongir Ortiqxojayev nomzodini shahar hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

Xalq deputatlari Jahongir Ortiqxojayev nomzodini qollab-quvvatladi. Sozga chiqqanlar yangi hokim va uning barcha orinbosarlari, barcha faollar bir musht bolib, poytaxti jadal rivojlantirish boyicha bugun belgilab berilgan vazifalarni bajarish yolida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishini takidladi.

***

Sobiq davlat maslahatchisi Muidjon Tohiriy hibsga olingan.

Muidjon Tohiriy 2006-2008 yillarda Ozbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi orinbosari, 2008-2010 yillarda Ozbekiston Milliy xavfsizlik kengashi kotibi orinbosari lavozimlarida ishlagan.

2010-yil sentabrdan 2011-yil iyungacha Ozbekiston Prezidentining davlat maslahatchisi bolgan.

2011-yil iyun oyidan yana MXX raisi orinbosari lavozimiga qaytgan va 2016-yil oxirigacha ishlagan.

***

Toshkntdagi tungi klubda 19 yoshli qiz ikki yigitni pichoqladi.

Jinoyat ishlari boyicha Olmazor tuman sudining sudyasi Mirziyod Abidov joriy yilning 6-oktabr kuni taxminan soat ertalabki 04:40 da Yakkasaroy tumani Farobiy kochasida joylashgan Nihol tungi klubi yaqinida ikki yigitga pichoq bilan zarba bergan qizga hukm oqidi.

Sudlanuvchining sozlariga kora, janjal erkaklarning biri uning onasining oyogiga tepganidan keyin sodir bolgan. N.Sh. javoban Abdulla Yunusovning kokrak qismiga pichoq bilan zarba bergan. Bundan tashqari, ularni ajratmoqchi bolgan Sirojiddin Zufarovni ham pichoq bilan jarohatlagan.

N.Sh. qolga olingan bolib, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qozgatilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (21-12-2018, 21:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -