» » Shavkat Mirziyoyev BMT delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev BMT delegatsiyasini qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-noyabr kuni BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha va bosh kotibning maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya Germanni qabul qildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Shavkat Mirziyoyev Natalya Germanni BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. O‘zbekistonning BMT bilan, xususan, yaqingacha Miroslav Yencha rahbarlik qilib kelgan Mintaqaviy markaz bilan hamkorligi samarali bo‘layotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Prezident Mirziyoyev 10-noyabr kuni Samarqandda ish boshlaydigan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiyani tashkil etishda BMT muhim o‘rin tutganini ta’kidladi.

“O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida xalqaro jarayonlarda faol ishtirok etayotgani, jumladan, yig‘ilib qolgan masalalarga amaliy yechim topish, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, mintaqaning uzoq istiqbolga mo‘ljallangan taraqqiyoti bo‘yicha aniq takliflar ilgari surayotgani va amalga oshirayotgani ta’kidlandi”, — deb yozadi O‘zA.

Mehmonlar BMT va uning bosh kotibi Antoniu Guterrish nomidan mintaqada xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro forum maqsadi va vazifalarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga doir boshqa masalalar muhokama qilindi.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют